AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yuqori sinf o`quvchilari o`zlari xohlagan fanni o`qishi mumkin bo`ladi

'O`zbekistonda yuqori sinf o`quvchilari o`zlari xohlagan fanni o`qishi mumkin bo`ladi'ning rasmi

O`zbekistonda 2023/2024 o`quv yilidan boshlab umumiy o`rta ta`lim muassasalarida bosqichma-bosqich 10–11-sinf o`quvchilari 2 ta tanlov fanini (kimyo-biologiya, matematika fizika, tarix-huquq, ona tili va adabiyot-chet tili) tanlash imkoniyatiga ega bo`ladi. Bu haqda 2022–2026 yillarga mo`ljallangan O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e`tibor va sifatli ta`lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturida nazarda tutilgan.

Davlat dasturiga ko`ra, 2023/2024 o`quv yilidan boshlab umumiy o`rta ta`lim muassasalarida bosqichma-bosqich o`quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ ko`nikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, tadqiqotchilik kabi ko`nikmalarni shakllantirishga yo`naltirilgan yangi o`quv dasturlari amaliyotga kiritadi.

Yangi o`quv dasturi bo`yicha 10–11-sinf o`quvchilari o`qiydigan 14 ta majburiy fan 8 taga qisqartiriladi. Shu paytgacha 14 ta fanning haftalik yuklamasi 31 soatni tashkil etib, takomillashtirilgan o`quv rejasi asosida ushbu yuklama ham qisqartiriladi.

Bundan tashqari, 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab har bir tuman (shahar)ning bittadan umumiy o`rta ta`lim muassasasida o`quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o`rgatish amaliyoti bosqichma-bosqich yo`lga qo`yilishi belgilangan.

Natijada, 76 ta maktabda fransuz tili, 76 tasida nemis, 37 tasida ingliz, 10 tasida koreys, 6 tasida xitoy va 3 tasida yapon tillari ikkinchi xorijiy til sifatida o`qitiladi. Shuningdek, o`quvchilar 10-sinfdan boshlab 64 ta ishchi kasb, 21 ta sohada tadbirkorlikka, 10 ta IT va "kreativ industriya" yo`nalishidagi kasblarga o`rgatiladi. Ushbu jarayonga yoshlar etakchilari va hududdagi taniqli tadbirkorlar jalb qilinadi.

Bunda, shuningdek:

  • umumiy o`rta ta`lim muassasalarining 1–4-sinflarida o`quvchilarni ilg`or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan darsliklar bo`yicha o`qitish;
  • 5–9-sinflarda o`quvchilarga umumta`lim fanlaridan tayanch bilimlar berish;
  • 10–11-sinf o`quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo`lgan ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish amaliyoti joriy qilinadi.

    Boshqa yangiliklar