Turkiyaning Hatay viloyatidagi zilzilada vayron bo`lgan Rönesans Rezidans turar joy majmuasining pudratchisi xorijga ketmoqchi bo`lgan paytda Istanbul aeroportida qo`lga olindi, deb xabar beradi CNN Turk.
Qayd etilishicha, Rönesans Rezidans turar joyining pudratchisi Mehmet Yashar Koshkun o`zi bilan katta miqdorda pullarni olib, chet elga qochishga uringan.
"Gaziosmanpasa Bosh prokuraturasiga ko`ra, Hatayda Rönesans Rezidans qurilishining pudratchisi deb taxmin qilingan gumonlanuvchi Mehmet Yashar Koshkun haqida xabarnoma olingan, gumonlanuvchi Istanbul aeroportiga chet elga pul bilan qochish uchun kelgan. Biroq gumonlanuvchi qo`lga tushib, Qorabog`dan chiqib ketishining oldi olingan", deyiladi xabarda.






