AsosiyJamiyat

⚡️ Namanganda "Sumalak" marosimida 11 nafar odam pomidorli ikra va "shashlik"dan zaharlandi

'⚡️ Namanganda "Sumalak" marosimida 11 nafar odam pomidorli ikra va "shashlik"dan zaharlandi'ning rasmi

Namanganda oilada tashkil etilgan tadbirda xonadon egasining 4 nafar qizi va 7 nafar nabirasi zaharlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 8 fevra kuni soat 11.50 larda Pop tumani, Soxibkor mahallasida yashovchi fuqaro R.Q.ning yashash xonadonida o`tkazilgan “Sumalak” pishirish marosimida qizlari F.Q.,  Z.Q., D.J., Z.K., nabiralari M.P., A.M., M.M., N.M., A.R., Sh.J. va B.R.lar pomidorli ikra tuzlamasi hamda mol go`shtidan tayyorlangan “kabob”ni iste`mol qilishgandan so`ng, zaharlanish belgilari bilan shifoxonaga yotqizilgan.  

Tuman tibbiyot birlashmasining 08.02.2023 yildagi dastlabki tibbiy ma`lumotnomasiga ko`ra, ularga ovqat “toksiko” infeksiyasi hamda “botulizm” tashhisi qo`yilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar