AsosiyJamiyat

⚡️ Vodiy viloyatlarida gaz "zapravka"lar yopilmaydi — Energetika vazirligi

'⚡️ Vodiy viloyatlarida gaz "zapravka"lar yopilmaydi — Energetika vazirligi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Vodiy viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) faoliyati vaqtincha to`xtatiladi” mazmunida xabarlar tarqaldi. Holat bo`yicha Energetika vazirligi rasmiy bayonot berdi. 

"Ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emasligini ma`lum qilamiz va fuqarolardan bu kabi tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmasliklarini so`raymiz.

Respublika bo`yicha, xususan, vodiy viloyatlaridagi AGTKShlari faoliyati mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan jadvallarga asosan davom etadi.

O`z navbatida, ijtimoiy tarmoq vakillaridan bu kabi asossiz va tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmasliklarini so`raymiz", - deyiladi xabarda. 

 

 

    Boshqa yangiliklar