Shifokorlarni o`qitishda katta yoshdagilar auditoriyasiga ta`lim berish bo`yicha maxsus ko`nikmalar kerak bo`ladimi? Bu savolga Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIAGIATM) kadrlarini tayyorlash bo`limi xodimlari uchun tashkil etilgan terning javob berdi.
Mazkur tadbir butun respublika bo`yicha davolash faoliyati bilan birga akusher va ginekologlar, anesteziolog-reanimatorlar, funksional tashxis shifokorlari va laborantlari uchun treninglar va malaka oshirish kurslari olib boradigan Markaz shifokorlari uchun 54 akademik soat davom etdi va 10 fevralda yakuniga etdi.
Va mazkur o`qishko`proq natijador bo`lishi uchun Akusher va ginekologlar markazi tomonidan barcha sharoitlar yaratiladi. Agar shifokorlar o`z tibbiyot muassasalariga yangi bilim va ko`nikmalar bilan qaytib borsa, bu mamlakatimizning turli hududlaridagi bemorlarning davolanishini yaxshilashga xizmat qiladi.
Malaka oshirish kurslari auditoriyasi — katta yoshdagi odamlar. Albatta, o`qitish jarayonida katta yoshdagi odamlar auditoriyasining o`ziga xosligi mavjud va androgogika buni inobatga oladi. Ularni o`rganib chiqqan Akusher va ginekologlar markazi shifokorlari ichidan chiqqan trenerlar o`z tajribalari bilan yanada samaraliroq bo`lisha oladi.
Xo`sh, katta yoshdagilarni o`qitishning qanday o`ziga xosligi bor ekan?
Bolalardan farqli o`laroq, har bir katta yoshdagi odam o`qitishning manbai sanaladigan ma`lum bir o`z hayotiy va kasbiy tajribasiga ega bo`ladi. Buni katta yoshdagilarni o`qitish sohasida o`qituvchilarni tayyorlash bo`yicha mutaxassis, mazkur soha bo`yicha xalqaro sertifikat egasi, mazkur kursning etakchi treneri Nadir Irgashev ta`kidladi.
Bunday farqlarning Top-5ligiga mutaxassis shuningdek, katta yoshdagi odamni o`qitish samaradorligini quyidagi shartlarda qo`shdi: o`qitish predmeti uning hayotida amalda qo`llanilsa; agar o`qishdan muhim maqsad — bu o`z oldiga qo`yilgan vazifalarning ongli ravishda hal etish; o`qishga tayyorgarlik ijtimoiy rolidan kelib chiqqanda (haqiqiy yoki mo`ljallangan); bilimlarini amalda qo`llay olish yoki zudlik bilan, yoki o`qish tugashi bilan yaqin vaqtlar ichida.
Sanab o`tilganlarning barchasi shifokorlarning ular uchun zarur va haqiqatdan ham kerak bo`lgan bilimini oshirishga xos. Bu yana jamiyat uchun ham zarur, axir bilimli shifokorlar bor joyda aholi sog`lom bo`ladiku. Bu esa har qanaqangi zamonaviy mamlakatning rivojlanish asosini tashkil etadi.
Shifokorlar — o`ta aniq fanlarni o`zlashtirgan, o`z tajribasida Klinik protokollarni qo`llay oladigan, katta hajmdagi bilim asosida qaror qabul qiluvchi mutaxassislardir. Lekin ularni o`qitish jarayonida «mozgovoy shturm», case study va boshqalar kabi zamonaviy interfaol usullarni qo`llash muhim.
Akusherlik va ginekologiya markazi shifokorlari treninglarda videoroliklarni tomosha qilish va uni auditoriya bilan muhokama etishni qo`llashning, kichik guruhlarga bo`lib o`qitishning, natijalarni muhokama qilishga qaratilgan individual darslarning foydasini ko`rdi.
Bularning barchasini butun mamlakat shifokorlari uchun malaka oshirish kurslarida samarali joriy etish rejalashtirilyapti.
«Bugungi shifokorlar ichidan chiqqan trener zamonaviy bilimlar egasi bo`lishi, kattalar uchun treninglar o`tkazish tajribasiga ega va ularni pedagog amaliyotida qo`llay bilishi kerak», deb ta`kidladi RIAGIATM «Oila va turmush» («Semya i brak») poliklinikasi mudiri, professor Dilfuza Abdullaevna.
Shuni qo`shimcha qilamizki, «Kattalarni o`qitishda zamonaviy yondashuvlar va usullar» treningi Curriculum GlobALE (Shveysariya) xalqaro dasturi asosida olib borildi. Uni tashkil etish va o`tkazishga Career ta`lim tashkiloti jalb etilgan.
Respublika ixtisoslashtirilgan
akusherlik va ginekologiyailmiy-amaliy
tibbiyot markazi






