AsosiyDunyo

Turkiyadagi zilzilalar oqibatida sug`urtalangan zarar 2—4 milliard dollarga baholanmoqda

'Turkiyadagi zilzilalar oqibatida sug`urtalangan zarar 2—4 milliard dollarga baholanmoqda'ning rasmi

Turkiyadagi zilzilalar oqibatida sug`urtalangan zarar 2—4 milliard dollarni tashkil qilgan. Bu haqda Fitch agentligi xabar bermoqda

“Sug`urtalangan yo`qotishlarni vaziyat o`zgarishi bilan baholash qiyin, biroq ular 2 milliard dollardan oshadi va 4 milliard dollar yoki undan ko`proqqa etishi mumkin. Biroq zarar ko`rgan hududlarda sug`urta qoplamasi pastligi sababli sug`urtalangan yo`qotishlar ancha past bo`lishi mumkin, ehtimol taxminan, 1 milliard dollar”, — deyiladi xabarda. 

Turk Falokat Sug`urta Havzasi (TCIP) 1999 yil Izmir zilzilasidan so`ng shaharlardagi turar joy binolariga zilziladan etkazilgan zararni qoplash uchun tashkil etilgan. Ammo bu insoniy yo`qotishlarni qoplamaydi.

Shuningdek, Turkiyada zilzila sug`urtasi texnik jihatdan majburiydir, lekin ko`pincha amalda qo`llanllmaydi. 

Natijada, ko`plab turar joylar sug`urta qilinmaydi, ayniqsa, uy xo`jaliklari ancha past daromadga ega bo`lgan hududlarda.

Ma`lumot uchun, Turkiya va Suriyadagi zilzilalardan so`ng halok bo`lganlar soni 21 ming nafardan oshgan. 

    Boshqa yangiliklar