AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Jizzaxdagi Qozon federal universiteti filialida bo`ldi

'Shavkat Mirziyoev Jizzaxdagi Qozon federal universiteti filialida bo`ldi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti filialida bo`ldi.

Bu universitet Rossiyadagi eng qadimiy va keng qamrovli oliy ta`lim muassasalaridan biri. Uning Jizzax filiali o`tgan yili ish boshladi va bugungi kunda 325 nafar talaba ta`lim olmoqda. Umuman, muassasa 1 ming 88 o`rinli.

Bu erda davolash ishi, stomatologiya, farmasiya, tibbiyot biokimyosi, jurnalistika, iqtisodiyot, geologiya, tilshunoslik, dasturiy muhandislik, axborot tizimlari va texnologiyalari hamda texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish kabi 11 yo`nalishda mutaxassis tayyorlanadi.

Davlatimiz rahbari muassasa uchun qo`shimcha bino ajratib, qulayliklarni kengaytirish bo`yicha ko`rsatma berdi.

    Boshqa yangiliklar