O`zbekistonning barcha hududlarida dam olish kunlari quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Bu haqda “O`zgidromet” xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, faqat respublikaning ayrim tog`li hududlarida biroz qor yog`ishi mumkin.
Kechalari sovuq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechalari 2-7 daraja sovuq atrofida bo`ladi. Kunduz kunlari havo 2-5 daraja iliqqacha, janubda 7-9 daraja iliqqacha ko`tariladi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak saqlanib turadi.
Qayd etilishicha, respublikaning tog`li hududlarida 9—10 fevral kunlari kuchli qor yog`ib o`tgani sababli qor qoplamining balandligi ikki kecha-kunduzda 60-70 santimetrga oshib 150 santimetrga etdi. Bu me`yordan deyarli ikki barabor ko`p.
“Yangi yog`gan qor beqaror holatda, shuning uchun qor ko`chish xavfi juda yuqori”, — deyiladi “O`zgidromet” xabarida.






