AsosiyJamiyat

Ohangaronda Lacetti kanalga tushib ketdi (video)

'Ohangaronda Lacetti kanalga tushib ketdi (video)'ning rasmi

Kecha, 9 fevral kuni soat 22:30 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tezkor boshqaruv markaziga Ohangaron tumani “A.Navoiy” MFY hududidan oqib o`tuvchi yo`l yoqasidagi kanalga “LASETTI” rusumli avtoulov tushib ketganligi haqida xabar kelib tushgan.


Xabarga asosan, qidiruv-qutqaruv ishlariga Olmaliq yong`in-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari jalb qilindi. Qutqaruvchilar Ohangaron tumani Po`st patrul xizmati bilan hamkorlikdagi sayi harakatlari natijasida kanaldagi avtoulov xavfsiz joyga olib chiqilib, amaliy yordam ko`rsatildi.
Aniqlanishicha, “LASETTI” rusumli avtoulov xaydovchisi noqulay ob-havo va yo`llardagi muzlamalar sababli boshqaruvni yo`qotib, kanalga tushib ketganligi malum bo`lgan.
"Voqea oqibatida tan jarohat olgan va halok bo`lganlar yo`q" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar