AsosiyJamiyat

Gulistonda uch egizak dunyoga keldi

'Gulistonda uch egizak dunyoga keldi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Yangi avlod mahallasida istiqomat qiluvchi Irodaxon va Abbosjon Mamatqulovlar oilasida uch egizak tug`ildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Guliston shahar tibbiyot birlashmasi tug`uruq bo`limida dunyoga kelgan go`daklarning uchchalasi ham o`g`il. Kattasining vazni 2,630, o`rtanchasiniki 2,870 va kichigining og`irligi 2,700 kilogrammga teng.

Ayni paytda chaqaloqlarning ham, onaning ham salomatligi yaxshi. Ular tug`uruq bo`limi akusher-ginekologlari nazoratida.
 

    Boshqa yangiliklar