AsosiyJamiyat

1 maydan "gaz zapravka"lar elektron tarozi va video kameralarni o`rnatishga majbur

'1 maydan "gaz zapravka"lar elektron tarozi va video kameralarni o`rnatishga majbur'ning rasmi

“Tadbirkorlik sub`ektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma`muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident farmoni (PF–21-son, 10.02.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Farmonga ko`ra, 2023 yil 1 maydan quyidagilar majburiy hisoblanadi:

  • avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron o`lchash uskunalari va onlayn video kameralarini o`rnatish hamda ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integrasiya qilish;

 

  • paxta, g`alla yoki sholini qabul qilish va hisobini yuritish bo`yicha axborot tizimlarining operatorlari o`z tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integrasiya qilishi.  

 

️ Shuningdek, to`lov xizmatlarini ko`rsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar o`rtasida pul o`tkazmalari amalga oshirilganda, ularga ko`rsatilgan xizmatlar uchun (olingan haq, komissiya uchun “0” so`m bo`lgan taqdirda ham) elektron hisobvaraq-fakturalar taqdim etadi va rasmiylashtiradi.

    Boshqa yangiliklar