AsosiyJamiyat

Samarqandda irrigasiya sohasi mas`ullari kanalni ta`mirlash uchun ajratilgan mablag`ni talon-toroj qilishga boshchilik qildi

'Samarqandda irrigasiya sohasi mas`ullari kanalni ta`mirlash uchun ajratilgan mablag`ni talon-toroj qilishga boshchilik qildi'ning rasmi

 Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Jomboy tumanida joylashgan kanal bo`ylarini joriy ta`mirlash uchun ajratilgan pullar talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament ma`lum qildi.

“M.Y.” MChJ rahbari M.B. tuman Irrigasiya bo`limi mas`ul shaxslari bilan o`zaro til biriktirib, Irrigasiya bo`limi balansidagi kanallarni joriy ta`mirlash va tozalashda haqiqatda bajarilmagan ishlarni qo`shib yozish orqali soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, jami 1,4 mlrd so`mni o`zlashtirish va rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va  228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar