AsosiyJamiyat

O`zbekistonda biznes toifalarga bo`lindi, tadbirkorlar yangi imtiyozlarga ega bo`ldi

'O`zbekistonda biznes toifalarga bo`lindi, tadbirkorlar yangi imtiyozlarga ega bo`ldi'ning rasmi

Prezident farmoniga ko`ra, tadbirkorlik sub`ektlari quyidagi mezonlar asosida toifalarga ajratiladi:

Kichik tadbirkorlik sub`ektlari:

  • yakka tartibdagi tadbirkorlar;
  • mikrofirmalar – ta`sischilari (ishtirokchilari) jismoniy shaxslar bo`lgan hamda jami daromadi kalendar yil davomida 1 mlrd so`mgacha bo`lgan tadbirkorlik sub`ektlari;
  • kichik korxonalar – jami daromadi kalendar yil davomida 1 mlrd so`mdan 10 mlrd so`mgacha bo`lgan hamda ushbu kichik bandning uchinchi xatboshisidagi ta`sischilari (ishtirokchilari) yuridik shaxslar bo`lgan tadbirkorlik sub`ektlari;

 

➖ o`rta tadbirkorlik sub`ektlari – jami daromadi kalendar yil davomida 10 mlrd so`mdan 100 mlrd so`mgacha bo`lgan tadbirkorlik sub`ektlari;

➖ yirik tadbirkorlik sub`ektlari – jami daromadi kalendar yil davomida 100 mlrd so`m va undan yuqori bo`lgan tadbirkorlik sub`ektlari.

Prezident farmoni bilan jami daromadi 10 mlrd so`mdan kam bo`lmagan tadbirkorlik sub`ektlari uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi va ushbu xaridlar doirasida byudjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda 50 foiz miqdorida oldindan to`lovni amalga oshirish nazarda tutiladi.

Davlat xaridlarida eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar takliflarini baholashda QQS summasi inobatga olinmaydi;

    Boshqa yangiliklar