Joriy yilning 8-10 fevral kunlari Termiz shahrida Afg`oniston temir yo`llari boshqarmasi rahbari Bayturraxmon Sharofat boshchiligidagi afg`on delegasiyasi bilan uchrashuv o`tkazildi.
Uchrashuv natijasida Afg`oniston temir yo`l boshqarmasi va “Sogdiana trans” SHK o`rtasida “Hayraton – Mozori-Sharif” temir yo`lini ekspluatasiya qilishni kelguvsida davom ettirish bo`yicha, yangi shartnoma imzolashga kelishildi.
Shu bilan birga tomonlarning kelishuviga ko`ra, Afg`oniston tomoniga yo`naltirilgan vagonlarni “O`zbekiston temir yo`llari” AJning “Sogdiana trans” SHK tomonidan Hayraton stansiyasiga etkazib berish joriy yilning 10 fevralidan qayta tiklandi.
Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlar bo`yicha bayonnoma imzolandi.






