AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 75 yoshli kiber tovlamachi ayoldan intim videosini o`chirib berish evaziga pul talab qildi

'Qashqadaryoda 75 yoshli kiber tovlamachi ayoldan intim videosini o`chirib berish evaziga pul talab qildi'ning rasmi

Kiberxavfsizlik markazi ijtimoiy tarmoq orqali tovlamachilik qilmoqchi bo`lgan  fuqarolarning ashyoviy dalillar bilan qo`lga oldi.

Hayratlanarlisi bu galgi kiber tovlamachi 75 yoshli fuqaro bo`lib chiqdi. 

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi U.B., ariza bilan murojaat qilib, ijtimoiy tarmoqlarda unga nisbatan uydirma va bo`hton ma`lumotlar berilgan turli xil video va foto tasvirlar tarqatilayotganligini bildirib, telegram messenjerida noma`lum akkaunt foydalanuvchisi unga murojaat qilib, ushbu ma`lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlash evaziga 8.000.000 so`m talab qilayotganligini ma`lum qilib, noma`lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan.  

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, tovlamachilik bilan pullarni o`zlashtirmoqchi bo`lgan shaxslar Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi, 1985 y.t. M.R. va 1947 y.t. N.S. ekanligi aniqlangan.  

M.R. va N.S. talab qilingan pullarni fuqaro U.B.dan qabul qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olinib, tezkor-tadbir ishtirokchilari tomonidan hujjatlashtirilgan.

M.R. va N.S.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining  165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov xarakatlari olib borilgan.

 

    Boshqa yangiliklar