Turkiyadagi kuchli zilzilalar Yaqin Sharq mintaqasini o`zgartirdi. Bu haqda niderlandiyalik seysmolog Frenk Xugerbits ma`lum qildi. Seysmolog Turkiyadagi zilzilalardan keyin Yaqin Sharq mintaqasidagi stresslarning taqsimlanishi sezilarli darajada o`zgarganini aytdi.
"Natijada seysmik faollik butun Falastingacha tarqaldi. Mintaqaning o`zgarib borayotgani ko`rinib turibdi", deb yozadi olim.
Sal avval, Xugerbits 3 fevral kuni Turkiyaning janubiy qismida ertami-kechmi 7,5 magnitudali zilzila sodir bo`lishini aytgan edi.
Niderlandiyalik seysmolog Frank Hugerbits kelgusida 7.5 magnitudalik kuchli zilzila o`chog`i Hindiston, Afg`oniston va Pokiston hududlaridan birida kuzatilishini prognoz qildi.
Eslatib o`tamiz, Turkiyada 6 fevralga o`tar kechasi bir nechta zilzilalar qayd etildi. 7,8 magnitudali birinchi silkinishlar soat 04:17 atrofida sodir bo`lgan. Keyinchalik mamlakatda 6,0 va undan yuqori magnitudali yangi zilzilalar sodir bo`ldi. Tabiiy ofat qurbonlari soni hozirgacha 18 mingdan oshib ketdi.
Prezident Rajab Toyyib Erdo`g`an bu hodisani 1939 yildagi Erzinjon zilzilasidan keyin mamlakatdagi eng dahshatli tabiiy ofat deb atadi. Shuningdek, u 12 fevralgacha davom etadigan milliy motam e`lon qildi.






