O`zbekistonning shimoliy hududlarida dam olish kunlari havo harorati 15 darajagacha soviydi. Bu haqda «O`zgidromet» matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumki. Harorat kechasi 5-7 daraja sovuq, kunduzi 1-3 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja sovuq, Ustyurtda 15 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.
Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi esa 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi esa 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi esa 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi esa 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi esa 2-7 daraja sovuq bo`ladi.






