AsosiyJamiyat

Toshkent shahar hokimligiga 584 mldr so`m foizsiz kredit ajratildi

'Toshkent shahar hokimligiga 584 mldr so`m foizsiz kredit ajratildi'ning rasmi

Qarorga muvofiq, Toshkent shahri mahallalarining infratuzilmasini rivojlantirish, havo harorati keskin sovib ketishi davrida talafot ko`rgan mahallalardagi ichki yo`llar, piyodalar yo`laklari, muhandislik-kommunikasiya ob`ektlarini ta`mirlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi hisobidan Toshkent shahri mahallalarining infratuzilmasini rivojlantirish, havo harorati keskin sovib ketishi davrida talafot ko`rgan mahallalardagi ichki yo`llar, piyodalar yo`laklari, muhandislik-kommunikasiya ob`ektlarini ta`mirlash va obodonlashtirish uchun Toshkent shahar hokimligiga 584 mlrd so`m miqdorida foizsiz kredit ajratiladi.

Mazkur kredit mablag`larining 200 mlrd so`mi 2023 yilning IV choragida, 384 mlrd so`mi 2024 yilning har choragida teng ulushlarda Toshkent shahar mahalliy byudjetining qo`shimcha manbalari hisobidan Jamg`armaga qaytariladi.

Qarorga ko`ra, Toshkent shahar hokimligi ushbu kredit mablag`lari hisobidan Toshkent shahrining har bir mahallasiga qo`shimcha 1 mlrd so`mdan mablag` ajratadi. Poytaxtning tuman hokimliklari mahallalar raislari bilan birgalikda mahallalarning infratuzilmasini rivojlantirish bo`yicha amalga oshiriladigan loyihalarning ro`yxatlarini xalq deputatlari tuman Kengashlarida muhokama qilib, tasdiqlaydi.

    Boshqa yangiliklar