AsosiyJamiyat

Samarqand va Namangan shaharlari respublika bo`ysunuviga o`tkaziladi

'Samarqand va Namangan shaharlari respublika bo`ysunuviga o`tkaziladi'ning rasmi

O`zbekistonning Samarqand va Namangan shaharlari alohida ma`muriy-hududiy birliklar sifatida respublika bo`ysunuviga o`tkaziladi. Bu jamoatchilik muhokamasiga qo`yilgan 2023 yilgi davlat dasturi loyihasida ko`zda tutilgan.

Loyihada keltirilishicha, may oyiga qadar respublika ahamiyatidagi Samarqand va Namangan shaharlarini va ular tarkibidagi tumanlarni tashkil etish, chegaralarini belgilash, shu munosabat bilan Samarqand va Namangan viloyatlarining chegaralarini o`zgartirish va ularning yangi ma`muriy markazlarini belgilash to`g`risida Oliy Majlis palatalarining qarorlari loyihalari Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

Shuningdek, avgust oyigacha Samarqand va Namangan shaharlarini respublika ahamiyatidagi shaharlar sifatida rivojlantirish dasturlari qabul qilinadi.

Vazirlar Mahkamasi yig`ilishlarida dasturning bajarilishi holati yuzasidan Samarqand va Namangan shahar hokimlarining hisobotlari eshitib boriladi.

Samarqand va Namangan viloyatlari hokimliklari, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi topshiriq ijrosi uchun mas`ul etib tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar