AsosiyJamiyat

⚡️ “DOK-1 MAKS” ishi: Farmasevtika agentligi sobiq rahbari Sardor Kariev va yana bir nechta mansabdorlar qamoqqa olindi

'⚡️ “DOK-1 MAKS” ishi: Farmasevtika agentligi sobiq rahbari Sardor Kariev va yana bir nechta mansabdorlar qamoqqa olindi'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi va uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKda o`rganish o`tkazildi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, o`rganish yakunlariga ko`ra aniqlangan juda ko`p miqdordagi moliyaviy xato va kamchiliklar hamda byudjet mablag`larining sarf qilinishida belgilangan talablarning qo`pol ravishda buzilganlik holatlari bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda DXX tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Shuningdek, “DOK-1 MAKS” va "AMBRONOL" siropining nojo`ya ta`siri sababli “o`tkir buyrak etishmovchiligi” tashxisi bilan bolalar vafoti bo`yicha qo`zg`atilgan jinoyat ishi tergovi doirasida bir qator mansabdor shaxslar qamoqqa olingan.

To`plangan dalillar asosida Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi hamda uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyum va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK direktori K.S. hamda sodir etilgan jinoyatlarga aloqador bo`lgan uning bir nechta jinoiy sheriklari ish bo`yicha gumon qilinib ushlanib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo`llangan.

Dastlabki tergov davomida sifatsiz dori vositalarini O`zbekistonga import qilib, iste`molga chiqarilishiga ruxsat bergan mas`ullar doirasini aniqlab, harakatlariga huquqiy baho berishga qaratilgan kompleks tergov-tezkor harakatlari va tegishli ekspertizalar o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar