Vise-prezident Fuat Oktay AFAD koordinasiya markazida 10 viloyatda ta`sir ko`rsatgan Kahramanmarashning Pazarjik va Elbistan tumanlarida episentri bo`lgan zilzilalar bilan bog`liq bayonotlar berdi. Bu haqda "Anadolu" yozmoqda.
Vise-prezident sa`y-harakatlarni amalga oshirgan barchaga minnatdorchilik bildirar ekan, o`tgan 24 soat ichida 121 fuqaro vayronalar ostidan qutqarilganini ta`kidladi.
Hozirda zilzila joylarida 29 ming 622 qutqaruv guruhi borligini ta`kidlagan Oktay, har bir qishloqqa etib bormaguncha ishlar to`xtamasligin aytdi.
“Afsus bilan aytmoqchimanki, ayni paytda 17 674 kishi tabiiy ofat qurboniga aylangan. Yaradorlar soni 72 ming 879 kishini tashkil etadi”, - dedi Vise-prezident.






