AsosiyJamiyat

Prezident Toshkent shahri mahallalariga qo`shimcha mablag` ajratish haqidagi qarorni imzoladi

'Prezident Toshkent shahri mahallalariga qo`shimcha mablag` ajratish haqidagi qarorni imzoladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti bugun, 2023 yil 9 fevral kuni «Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini jadal sur`atlarda hal etish hamda aholi farovonligini yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-50-sonli qarorni imzoladi.

Ushbu qarorga muvofiq, Toshkent shahri mahallalarining infratuzilmasini rivojlantirish, havo harorati keskin sovib ketishi davrida talafot ko`rgan mahallalardagi ichki yo`llar, piyodalar yo`laklari, muhandislik-kommunikasiya ob`ektlarini ta`mirlash va obodonlashtirish uchun Toshkent shahar hokimligiga 584 mlrd so`m miqdorida foizsiz kredit ajratiladi. 

Shahar hokimligi ushbu kredit mablag`lari hisobidan Toshkent shahrining har bir mahallasiga qo`shimcha 1 mlrd so`mdan mablag` ajratadi.

    Boshqa yangiliklar