AsosiyJamiyat

"Qamchiq" dovoni yopildi. Yo`lovchilar temir yo`l orqali manziliga etkazildi

'"Qamchiq" dovoni yopildi. Yo`lovchilar temir yo`l orqali manziliga etkazildi'ning rasmi

Bugan, 9 fevral kuni "Qamchiq" dovoni avtomobil yo`li qor ko`chkisi xavfi sababli, transport vositalari xarakati vaktincha yopilgan. Yo`lda qolib ketgan yo`lovchilar temir yo`l orqali manziliga etkazildi. Bu haqda Favqulotda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

 Xabarda aytilishicha, "Andijon-Termiz" yo`nalishi bo`yicha yo`lovchi poezdi orqali "Pop-2" stansiyasidan 50 nafar,  "Temiryo`lobod" stansiyasidan 150 nafar yo`lovchilar o`z manzillariga yuborildi.

Ma`lum qilinishicha, Favkulodda vaziyatlar vazirligi talabnomasiga kura, "O`zbekiston temiryo`llari" AJ tomonidan "Toshkent - Pop" yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha yo`lovchi poezd qo`yildi.

"Ohangaron" stansiyasiga soat 19:40 da, "Angren" vokzaliga 20:10 da, Orzu vokzaliga soat 20:40 da kelishi belgilangan.

Yo`lovchilarni vokzallarga yo`naltirish bo`yicha FVV, IIV, MG va temiryo`l xodimlari tarkibidagi ishchi guruh shtablari ish olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar