Joriy yilning 9 fevral kuni Sankt-Peterburg shahrida O`zbekiston Respublikasi Energetika vaziri J. Mirzamahmudov, “Gazprom” OAJ boshqaruv raisi A. Miller hamda Qozog`iston Respublikasi Energetika vaziri B. Akchulakov ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o`tkazildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Uchrashuvda O`zbekistonga Rossiya tabiiy gazini Qozog`iston Respublikasi hududi orqali etkazib berish masalasi, xususan, uch tomonlama ishchi guruh tomonidan o`tkazilgan dastlabki texnik ko`rik natijalari, etkazib berishning mavjud imkoniyatlari hamda joriy yil yanvar oyida imzolangan (https://t.me/minenergy_uz/7179) “yo`l xaritasi”ning ijrosi yuzasidan muhokamalar o`tkazildi.
Mazkur uchrashuv yakuni bilan uch tomonlama o`rganishlarning keyingi bosqichini jadallashtirish hamda natijasi bo`yicha qisqa muddatlarda uch tomonlama uchrashuvni qayta tashkil etishga kelishib olindi.






