AsosiyJamiyat

Farg`onada matiz yonib ketdi

'Farg`onada matiz yonib ketdi'ning rasmi

5 fevral kuni Farg`ona viloyatining O`zbekiston tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB ma`lumot berdi.

Hodisa O`zbekiston tumanining Oqta qishlog`i hududidan o`tgan Yaypan–Nursux–Ropqon avtomobil yo`lining 9-kilometrida yuz bergan. Lacetti haydovchisi yo`lning qarama-qarshi tomoniga o`tib ketishi natijasida Matiz rusumli transport vositasi bilan to`qnashib ketgan. Oqibatda Matiz avtomobilida yong`in kelib chiqqan va haydovchi tan jarohati olib shifoxona yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan O`zbekiston tumani IIB tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar