AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda bank mansabdorlari qariyb 4 mlrd so`mni talon-toroj qilishdi

'Qashqadaryoda bank mansabdorlari qariyb 4 mlrd so`mni talon-toroj qilishdi'ning rasmi

“Agrobank” ATB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Qamashi filiali mansabdor shaxslari jinoiy til biriktirib, o`ziga ishonib topshirilgan qariyb 4 mlrd so`m mablag`larni o`zlashtirish va rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilgan, deya xabar bermoqda Qashqadaryo viloyati matbuot xizmati.

Unga ko`ra, mazkur holat yuzasidan IJQQ departamenti Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan JKning 167 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

"Tergov davomida 3 nafar mansabdor shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Tergovning borishi alohida nazoratga olingan. Tergov yakuni bo`yicha batafsil axborot beriladi", — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar