2023 yil 9 fevral kuni Vengriya tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Piter Siyarto O`zbekistonga keladi.
Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov bilan uchrashuv, shuningdek, mamlakatimizning boshqa vazirlik va idoralarida muzokaralar o`tkazilishi ko`zda tutilgan.
Avvalroq, 7-9 fevral kunlari Sloveniya Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari − tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon boshchiligidagi delegasiya O`zbekistonda tashrif bilan bo`lishi ma`lum qilingandi.






