AsosiyJamiyat

Angrenda qalbaki pul tayyorlab sotayotganlar ushlandi

'Angrenda qalbaki pul tayyorlab sotayotganlar ushlandi'ning rasmi

Toshkent viloyatida qalbaki kupyuralarni tayyorlab yarim bahosida sotayotgan shaxslar qo`lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma`lum qildi.

Xabarda aytilishicha, Angren shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, bir nafar fuqaro 1 yarim million so`m qalbaki pullarni 400 ming so`mga sotayotgan vaqtida qo`lga olingan.

Holat yuzasidan o`tkazilgan tezkor surishtiruvlar davomida, bir biriga ulanib ketgan mazkur “jinoyat zanjiri” uzilib, ishga aloqador bo`lgan yana 4 nafar shaxslar prosessual tartibda ushlangan.

Ulardan yana qiymati 1 yarim million so`mga teng bo`lgan qalbaki 100 ming so`mlik kupyuralar va rangli printer daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olingan. Aniqlanishicha, ushbu shaxslar tomonidan avvalroq ham 5 million so`mga teng bo`lgan qalbaki pul kupyuralari chop etilgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar