AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 6 fevral kuni qanday ob-havo kuzatilishi ma`lum qilindi

'O`zbekistonda 6 fevral kuni qanday ob-havo kuzatilishi ma`lum qilindi'ning rasmi

"O`zgidromet" prognoziga ko`ra, 6 fevral kuni respublikaning ayrim hududlarida yog`ingarchilik kuzatiladi, shuningdek, ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi esa 7-9 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi esa 4-9 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi esa 8-13 daraja iliq bo`ladi.

ToshkentSamarqandJizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, faqat Samarqand viloyatida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shuningdek, joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi esa 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shuningdek, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi esa 10-15 daraja iliq bo`ladi.

AndijonNamangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi esa 3-8 daraja iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`oldi va tog`lihududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Shuningdek, qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi esa 2-7 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar