AsosiyDunyo

Hindistonda voyaga etmagan qizlarga uylangan 2200ga yaqin erkak hibsga olindi

'Hindistonda voyaga etmagan qizlarga uylangan 2200ga yaqin erkak hibsga olindi'ning rasmi

Hindistonning shimoli-sharqidagi Assam shtatida polisiya xodimlari noqonuniy yosh nikohlarga qarshi kurash doirasida uyushtirilgan reydda 2169 erkakni hibsga oldi. Bu haqda NDTV huquq-tartibot idoralari vakillariga tayanib xabar berdi.

Mahalliy polisiya boshlig`i Gyanendra Pratap Singxning TASS agentligiga iqtibos keltirgan holda ma`lum qilishicha, erkaklar polisiya tomonidan qayd etilgan 4074 ta holat asosida hibsga olingan.

Biroq, xabardan ma`lum bo`lishicha, qo`llarida kichkina bolalari bor yosh ayollar erlarining hibsga olinishiga qarshi chiqishgan. 

“Biz birga yashadik va qandaydir yo`l bilan kun kechirgan bo`lsak-da, biz baxtli edik. Erim hibsga olingandan keyin bizni kim ro`zg`or bilan ta`minlaydi?”,– deydi ulardan biri.

1978 yilda Hindiston qonunchiligiga erkaklar 21 yoshda, ayollar esa 18 yoshda turmush qurishga ruxsat beruvchi o`zgartirish kiritildi. Ushbu cheklovlar bugungi kunda ham amalda. Biroq, Hindistonda daromadlarning pastligi sababli, 18 yoshgacha bo`lgan qizlar bilan turmush qurish asosan qishloq aholisi orasida keng tarqalgan.

2021 yil dekabr oyida Hindiston parlamentiga ko`rib chiqish uchun erkaklar va ayollar uchun nikohning eng kam yoshini 21 yoshga tenglashtirish rejalashtirilgan qonun loyihasi taqdim etildi. Biroq, hujjat hali yakuniy tasdiqni olmagan.

    Boshqa yangiliklar