Pokistonning sobiq prezidenti Parvez Musharraf 79 yoshida vafot etdi.
Qayd etilishicha, Musharraf uzoq davom etgan xastalikdan so`ng Dubaydagi shifoxonada vafot etgan.
Musharraf 1943 yil 11 avgustda tug`ilgan. 1999 yil 12 oktyabrda Bosh vazir Navoz Sharifning lavozimidan chetlatilishi natijasida hokimiyat tepasiga keladi.
2007 yil oktyabr oyida Musharraf prezidentlik saylovlarida g`alaba qozonadi. Ammo u fuqarolik va harbiy lavozimlarni birlashtirishda davom etgani uchun Oliy sud uning qonuniyligini tasdiqlamagan. Keyin Musharraf favqulodda holat e`lon qilib, Konstitusiyaning amal qilishini to`xtatdi va Oliy sudda sudyalarni almashtirgan.
U 2008 yilning fevralida Pokiston musulmonlar ligasi partiyasi parlament saylovlarida mag`lub bo`ladi va o`sha yilning 18 avgustida Musharraf iste`foga chiqishga majbur bo`ladi, shundan so`ng u Britaniyaga ketadi.
2009 yilda Pokistonda Musharrafga qarshi sudyalarni noqonuniy hibsga olish aybi bilan ish ochilgan. 2013 yil martida u garov pulini to`lab, Pokistonga qaytib kelgan, biroq aprel oyida hibsga olingan. 2016 yilning mart oyida sud unga davolanish uchun xorijga ketishiga ruxsat bergan, shundan so`ng u BAAga uchib ketgan va shundan beri Dubayda bo`lgan.






