O`lgan deb e`lon qilingan Hindiston fuqarosi kremasiyadan sakkiz oy o`tib boshqa shtatda tirik holda topildi, deya yozmoqda "Zamon.uz".
36 yoshli Dipak Balakrishnan Kanid 2022 yilning 7 iyulida Kerala shtatining Meppayur shahrida g`oyib bo`ldi. Erkakning yaqinlari uning g`oyib bo`lgani haqida polisiyaga ariza bilan murojaat qilgan. 17 iyul kuni Keraladagi plyajda yanglishib Dipak deb atalgan jasad topildi.
Dafn marosimidan bir necha kun o`tgach, polisiya jasad Irshod ismli odamga tegishli ekanligini, u ham bedarak yo`qolganlar ro`yxatida ekanligini tushundi. Dipakning taxmin qilingan jasadidan olingan namunalarda o`tkazilgan DNK testi dastlabki identifikasiya noto`g`ri ekanligini tasdiqladi. Shundan so`ng, Dipak qidiruvga berilgan va jinoiy bo`lim tergovni boshlagan.
Goadagi mehmonxonalarni muntazam tekshirish chog`ida polisiya mehmonlardan birida Dipakning raqamiga mos keladigan shaxsiy karta raqami borligini payqagan. Erkak hibsga olingan.
Dipak polisiyaga Goaga kelishdan oldin Jaypur, Dehli va Panjob kabi turli joylarga sayohat qilganini aytdi. U tirikchilik qilish uchun g`alati ishlar bilan shug`ullangan. Jurnalistlar erkakka oilasi uni allaqachon dafn qilganini aytishganda, Dipak faqat jilmayib, bu haqda bilmasligini aytdi.






