AsosiyJamiyat

Jizzaxda 4 nafar fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etdi

'Jizzaxda 4 nafar fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etdi'ning rasmi

2023 yil 31 yanvar kuni Jizzax shahar Sayilgox ko`chasida joylashgan xonadonlarning birida 4 nafar shaxsning murdasi topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi  Hayot Shamsutdinov darakchi.uz'ga xabar berdi. 


Qayd etilishicha, ulardan 1 nafari, “Sambhram” universiteti 2-kurs, 1 nafari esa Jizzax politexnika instituti 2-kurs talabasi bo`lgan. 
Sud-tibbiy ekspertizaning ma`lumotiga ko`ra, marhumlarining o`limiga is gazi zaharlanishi sabab bo`lganligi ko`rsatilgan.

 Mutaxassislarining birlamchi ma`lumotiga ko`ra, hodisa sodir bo`lgan xonadonga o`rnatilgan isitish tizimi tabiiy gazdan foydalanish va yong`in xavfsizligi qoidalariga zid ekanligi ko`rsatilgan.
Holat yuzasidan JKning 207-moddasi 3-kismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar