AsosiyJamiyat

“Xech qachon bunday gapirmayman”. Deputat Jahongir Ziyaev o`zi haqida tarqalgan fitnalarga chora ko`rilishini ma`lum qildi

'“Xech qachon bunday gapirmayman”. Deputat Jahongir Ziyaev o`zi haqida tarqalgan fitnalarga chora ko`rilishini ma`lum qildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda deputat Jahongir Ziyaevning fuqarolar bilan yozishmalari aks etgan suratlar tarqalmoqda.

Tarmoq foydalanuvchilarning aksariyati holat uyushtirilganini aytmoqda.

Ayni paytda deputatning o`zi holatga oydinlik kiritdi. Ma`lum qilinishicha, ushbu holat ijtimoiy tarmoqda tarqalgan yana bir fitna.

“Men haqimda fitnalar tarqalmoqda.

Men xalq vakili sifatida bunday gaplarni hach qachon gapirmayman va bu mening tabiatimga ham xos emas. 

Bu haqda tezda Ichki ishlarga murojaat qilaman va qonun doirasida alabatta chora ko`riladi”, - deydi Jahongir Ziyaev.

Deputat chiqishidan so`ng, ayrim telegram kanallari adashishganini bildirib, xabarni o`chirib tashlashdi.

 

    Boshqa yangiliklar