Bugun Prezidentning Namangan viloyatiga tashrifi boshlangan haqida xabar berilgan edi.
Xushnudbek.uz`ning xabar berishicha, Shavkat Mirziyoev Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashgan.
"Bu yil qish nihoyatda sovuq keldi. Ko`plab tadbirkorlar bundan qiynalganini bilib turibman", — dedi Prezident.
Xususan, respublikada 3 mingta hududiy sanoat korxonasida 7 trillion so`mlik mahsulot ishlab chiqarilmagan (ularda 350 ming aholi band).
Hisob-kitobga ko`ra, zarur choralar ko`rilmasa, birinchi chorakda yalpi mahsulot o`sishi 1,5 foizgacha pasayishi mumkin (5 foizdan 3,5 foizgacha).
"Oldimizda dolzarb vazifa — “qattiq sovuq” oqibatlarini bartaraf etib, biznes faoliyatini tezroq izga tushirish", — dedi Shavkat Mirziyoev.
Shu bois, iqtisodiyotda yo`qotishlar o`rnini qoplash va biznesni qo`llab-quvvatlash uchun bugun alohida Prezident qarori imzolangan.






