Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatrida davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirilgan “Jaloliddin Manguberdi” milliy baleti taqdimoti bo`lib o`tadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ta`kidlanishicha, spektakl O`zbekiston Madaniyat va turizm vaziri o`rinbosari B.Axmedov va bir guruh hay`at a`zolari tomonidan muhokama etildi va ijobiy baholandi.
Mazkur spektakl turkiyalik mashhur baletmeyster Mexmet Balkan tomonidan sahnalashtirilgan. Shuningdek, orkestrga Rossiya Federasiyasidan teatrga Bosh dirijyor sifatida taklif etilgan Denis Vlasenko dirijyorlik qiladi.
Qayd etilishicha, ushbu sahna asari — “Jaloliddin Manguberdi” milliy baletining premerasi 4-5 fevral kunlari bo`lib o`tadi.






