AsosiyJamiyat

Olmaotadan Samarqandga aviaparvozlar qayta tiklanadi - "Uzbekistan Airports"

'Olmaotadan Samarqandga aviaparvozlar qayta tiklanadi - "Uzbekistan Airports"'ning rasmi

Qozog`istonning FlyArystan loukoster aviakompaniyasi Olmaota—Samarqand yo`nalishidagi aviaparvozlarni tiklamoqda, deya xabar berdi "Uzbekistan Airports".

Ma`lum qilinishicha, Olmaota-Samarqand-Olmaota yo`nalishi bo`yicha birinchi yo`lovchi reysi 2023 yilning 15 mart kuniga belgilangan. Reyslar Airbus A320 samolyotlarida haftasiga ikki marta-chorshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Ma`lumot uchun, FlyArystan — Qozog`istonning arzon aviatashuvlarni amalga oshiruvchi kompaniyasi bo`lib, bosh qarorgohi Olmaota shahrida joylashgan. Kompaniya Qozog`istondagi eng yirik Air Astana aviakompaniyasi negizida tashkil etilgan.

    Boshqa yangiliklar