Kanada parlamenti chorshanba kuni Shinjondan 10 ming uyg`ur qochqinni ikki yil ichida mamlakatga joylashtirish bo`yicha majburiy bo`lmagan taklifni bir ovozdan ma`qulladi, deb xabar bermoqda Reuters.
Qonun loyihasini yoqlab 322 depatut ovoz bergan.
"Kanada har doim himoyaga muhtojlarga yordam berish uchun o`z hissasini qo`shadi. Men bugun Jamoatlar palatasi tomonidan qabul qilingan taklifda ko`rsatilgan chora-tadbirlarni ilgari surish uchun barcha partiya a`zolari bilan ishlashga qat`iy qaror qildim”, dedi Immigrasiya vaziri Shon Freyzer o`z bayonotida.
Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi Bosh vazir Jastin Tryudo hukumatini ushbu taklifga amal qilishga majburlamaydi. Ammo parlamentning qo`llab-quvvatlashi uni baribir chora ko`rishga majbur qilishi mumkin.
2021 yilda Kanada Xitoyning uyg`urlarga nisbatan munosabatini genosid deb atagan.






