Sobiq deputat Rasul Kusherbaev tabiat resurslari vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Ushbu ma`lumotni “darakchi.uz” manbasi tasdiqladi.
Eslatib o`tamiz, sal avval Rasul Kusherbаev parlamentda uning fikri eshitilmagani uchun deputatlikdan ketishini e`lon qilgandi. Shundan so`ng uning Toshkent shahriga hokim bo`lishi haqida xabarlar paydo bo`lgach, uning o`zi bunga munosabat bildirgan edi.
Ma`lumot uchun: Tabiat resurslari vazirligi 2022 yilning dekabr oyi so`nggida Ekologiya qo`mitasi negizida qayta tashkil etilgan bo`lib, sobiq Turizm va ma`daniy meros vaziri Aziz Abduhakimov tabiat resurslari vaziri lavozimiga tayinlangan edi.






