AsosiyJamiyat

Prezidentga "andijoncha" uslubda ta`lim berilayotgan maktab tajribasi namoyish etildi

'Prezidentga "andijoncha" uslubda ta`lim berilayotgan maktab tajribasi namoyish etildi'ning rasmi

Avval xabargan berilganidek, Prezident Shavkat Mirziyoevning Andijon viloyatiga tashrifini amalga oshirmoqda.

Xushnudbek.uz`ning xabar berishicha Prezident tashrifi doirasida Andijon tumanidagi 55-maktabda o`quvchilarni ta`lim hamda kasbga hamohang o`qitish bo`yicha yo`lga qo`yilgan tajriba namoyish etilgan.

Ma`lum qilinishicha, 55 maktab 2019 yil ochilgan bo`lib, o`tgan yili 60 ga yaqin bitiruvchidan atigi 2 nafari oliy ta`limga o`qishga kira olgan.

Hozirda maktabning bo`sh turgan erto`lasi tadbirkorlarga ajratib berilib, 14 ta xonada 6 ta yo`nalishda (tikuvchilik, savat to`qish, ko`rpa-to`shak ishlab chiqarish, mebelchilik, poyabzal va qandolatchilik) ishlab chiqarish va kasbga o`rgatish tashkil etilgan.

Shuningdek, maktab hududida nonvoyxona, avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish, payvandlash, elektortexnika, tipografiya, kompyuter xizmati va salonlar tashkil etilgan.

Maktabning 10 va 11-sinf o`quvchilaridan 75 nafari darsdan keyin ishlayapti, hunar o`rganyapti ekan. O`quvchilar bilan suhbatlashsak, kuniga o`rtacha 25-30 ming so`m atrofida ish haqi olishyapti ekan. 

    Boshqa yangiliklar