AsosiyJamiyat

Yana bir qator vazirlarga o`rinbosarlar va Oila va hotin-qizlar qo`mitasiga rais tayinlandi

'Yana bir qator vazirlarga o`rinbosarlar va Oila va hotin-qizlar qo`mitasiga rais tayinlandi'ning rasmi

Prezident qarori bilan yana bir qator vazirlarga o`rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda O`z A xabar bermoqda. 

Prezident qarori bilan:

  • Omonullo Nasritdinxodjaev tog`-kon va geologiya vazirining birinchi o`rinbosari lavozimiga;
  • A`zam Kadirxodjaev tog`-kon va geologiya vazirining o`rinbosari lavozimiga;
  • Azizxo`ja Qobilov tog`-kon va geologiya vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi (avval — Prezident Administrasiyasi mas`ul xodimi edi).

 

  • Shamsiddin Alimov boshqa ishga o`tishi munosabati bilan Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi raisining o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.

 

  • Durdona Raximova yoshlar siyosati va sport vazirining o`rinbosari lavozimiga;
  • Shaxrillo Maxmudov yoshlar siyosati va sport vazirining o`rinbosari lavozimiga;
  • Murad Ismailov yoshlar siyosati va sport vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

 

  • Abdullo Aslonov boshqa ishga o`tishi munosabati bilan sportni rivojlantirish vazirining o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.

 

  • Obidjon Qudratov tabiat resurslari vazirining birinchi o`rinbosari lavozimiga;
  • Jusipbek Kazbekov tabiat resurslari vazirining o`rinbosari lavozimiga;
  • Sherzod Xabibullaev Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

 

  • Erkin Muxitdinov kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirining o`rinbosari lavozimiga;
  • Jamshid Abruev kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirining o`rinbosari lavozimiga;
  • Ra`no Turdiboeva kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirining o`rinbosari lavozimiga (avval Oila va hotin-qizlar davlat qo`mitasi raisining o`rinbosari edi);
  • Mirzoxid Ubaydullaev Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga;
  • Ozoda Parpibaeva Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va hotin-qizlar qo`mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

 

  • Bahodir Umurzakov boshqa ishga o`tishi munosabati bilan bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o`rinbosari lavozimidan;
  • Sodiqjon Turdiev boshqa ishga o`tishi munosabati bilan mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash vazirining birinchi o`rinbosari lavozimidan;
  • Abdulla Tursunov boshqa ishga o`tishi munosabati bilan mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash vazirining o`rinbosari lavozimidan;
  • Muxtar Muxitdinov boshqa ishga o`tishi munosabati bilan mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash vazirining o`rinbosari lavozimidan;
  • Nodira Egamberdieva boshqa ishga o`tishi munosabati bilan Oila va hotin-qizlar davlat qo`mitasi raisining o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.

 

  • Baxtiyor Kamalov suv xo`jaligi vazirining o`rinbosari lavozimiga;
  • Dilshodjon Xodjiaxmedov suv xo`jaligi vazirining o`rinbosari lavozimiga;
  • Zafar Irisboev Suv xo`jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo`jaligi ob`ektlari xavfisizligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.
  • Baxodir Yusupaliev SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasi raisi lavozimiga tayinlandi;

 

  • Anvar Alimov boshqa ishga o`tishi munosabati bilan sog`liqni saqlash vazirining o`rinbosari — Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimidan ozod etildi.

 

    Boshqa yangiliklar