Pokiston shimolidagi Peshovar shahridagi masjidda yuz bergan portlash qurbonlari soni 60 kishiga etgan.
G`arb va mahalliy OAVlar xabariga ko`ra, 157 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Avvalroq, masjidda namoz vaqtida portlash sodir bo`lgani, so`ng bino shifti va devorlari qulagani xabar qilingandi. Ko`p odamlar vayronalar ostida qolgan.
Masjid 250-300 kishiga mo`ljalangan bo`lgan. Lekin portlash bo`lganda masjid hududi va uning yaqinida 400 ga yaqin odam bor edi.
Portlash uchun javobgarlikni “Texrik-i-Taliban Pakistan” terrorchilik tashkiloti o`z zimmasiga olgan.






