AsosiyJamiyat

Toshkentda o`zini SES xodimi deb tanishtirgan shaxslar fuqarolarga noma`lum dori vositalari sotayotgani aytildi

'Toshkentda o`zini SES xodimi deb tanishtirgan shaxslar fuqarolarga noma`lum dori vositalari sotayotgani aytildi'ning rasmi

Toshkentning Mirobod tumanidagi "Movarounnahr" mahallasida o`zlarini “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tuman bo`limi xodimimiz (SES)” deya tanishtirib, turli hasharotlarga qarshi dorilarni pullayotgan shaxslar paydo bo`lgani aytilmoqda. Xabarlarga ko`ra, soxta SES xodimlari deya tanishtayotganlar firibgarlik yo`li bilan kelib chiqishi noma`lum dorilarni sotishmoqda

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati holatga aniqlik kiritdi.

Unga ko`ra, “soxta SES xodimlari”  Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar Dezinfeksiya stansiyasi va tuman hududiy bo`limlarida faoliyat yuritmasligi ma`lum bo`ldi. 

"Yuqoridagi ko`ngilsiz holatga duch kelsangiz, avvalo zararsizlantiruvchi vosita sotayotgan fuqarolardan:

  • xizmat guvohnomasi;
    qaysi tashkilot yoki boshqarmada faoliyat yuritishi;
    zararsizlantiruvchi vosita sotishi va sotib olishingizga asos so`rashga haqli ekanligingizni unutmang", deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar