AsosiyDunyo

Eron shimoli-g`arbidagi zilzilada 800 dan ortiq kishi jabrlandi

'Eron shimoli-g`arbidagi zilzilada 800 dan ortiq kishi jabrlandi'ning rasmi

28 yanvar kuni Eron shimoli-g`arbida 5,9 magnitudali zilzila sodir bo`ldi. Oqibatda 816 kishi jabrlanib, uch kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat gubernatori Muhammad Sadeg Motamedyanga tayanib, IRNA agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, zilzila epimarkazi Xoy shahridan 23 km uzoqlikda, 43 km chuqurlikda joylashgan.

Motamedyanning so`zlariga ko`ra, 64 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, zilzila oqibatida ikki shahar va 70 dan ortiq qishloqdagi binolarning 20 foizdan 50 foizigacha vayron bo`lgan. Shuningdek, 30 ta qishloqda elektr ta`minoti uzilgan. 

    Boshqa yangiliklar