AsosiyJamiyat

Uzbekistan Airways bahorda Milan va Parij shaharlariga aviaqatnovlarni tiklamoqda

'Uzbekistan Airways bahorda Milan va Parij shaharlariga aviaqatnovlarni tiklamoqda'ning rasmi

Uzbekistan Airways 2023 yil 28 martdan boshlab Toshkent–Milan–Toshkent va 31 martdan Toshkent–Parij–Toshkent yo`nalishida aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi.

Parvozlar haftada ikki marta – seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Toshkent–Milan yo`nalishida aviachiptalar 4 391 000 so`mdan, Toshkent–Milan–Toshkent yo`nalishida esa 6 084 752 so`mdan boshlanadi. Toshkent–Parij yo`nalishida aviachiptalar 4 317 000 so`mdan, Toshkent– Parij –Toshkent yo`nalishida esa 6 337 975 so`mdan boshlanadi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan 3 foiz chegirma bilan Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

    Boshqa yangiliklar