Bog`cha xodimlarining oyligi oshirilib, maktab o`qituvchilari oyliklariga tenglashtiriladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi mas`ul xodimi Mavluda Asqarxo`jaeva ma`lum qildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti buyrug`i bilan, 2023 yil Maktabgacha ta`lim xodimlarining oylik maoshi oshirilishi va uning miqdori maktab o`qituvchilarining maosh miqdoricha bo`lishi belgilangan.
Unga ko`ra, bog`cha mudiri lavozimining maoshi maktab direktori 3 va 4-guruh lavozim maoshiga tenglashtirish, tarbiyachi yordamchisi lavozimi maoshini 70 foizga oshirish, oshxona va buxgalteriya xodimlari lavozimi maoshiga 100 foiz ustama haq belgilash ko`zda tutilgan.






