AsosiyJamiyat

1 fevral kuni respublikaning ko`plab viloyatlarida yomg`ir yog`adi - "O`zgidromet"

'1 fevral kuni respublikaning ko`plab viloyatlarida yomg`ir yog`adi - "O`zgidromet"'ning rasmi

"O`zgidromet" prognozlarida 31 yanvar va 1 fevral kunlari janub va voha viloyatlarida, 1 fevral kuni Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatida ham yomg`ir yog`ishi mumkinligi keltirilgan

Kelayotgan besh kunlikda vodiy viloyatlari va shimolda yog`ingarchilik kutilmaydi.

Mazkur nam havo oqimlari tunlari ham haroratni ko`taradi. Janub viloyatlarida kelayotgan hafta boshida harorat +13 darajagacha iliydi. 

Turkmanistonda ham kelayotgan haftaning seshanbasidan boshlab yog`inli mavsumlar boshlanishi prognoz qilinmoqda. Havo harorati Turkmanistonning janubiy viloyatlarida +20 darajagacha ko`tariladi. Mazkur issiq havo to`lqini Armaniston tog`liklaridan Kaspiy dengiz janubi orqali nam havo oqimlarini mintaqaga "tortadi".  

Mazkur jarayon keyinroq O`zbekistonga ham ta`sir etmasdan qolmaydi. Yuqori ehtimol, fevral oyi boshlari O`zbekistonda bahoriy yomg`irli ob-havo kutiladi.

Yuqoridagi kartada 31 yanvar kungi yog`ingarchilik kartasi aks etgan.

    Boshqa yangiliklar