Rossiya polisiyasi Kreml hududidagi binodan elektr ventilyasiya klapanini o`g`irlaganlikda gumonlanayotgan 21 yoshli o`zbekistonlikni qo`lga oldi.
«MK.ru» nashrining yozishicha, gumonlanuvchi O`rta savdo qatorlari binosini restavrasiya qilish vaqtida Kreml muzey majmuasi binosi ventilyasiyasiga kirgan va u erdan 7 ta klapan o`g`irlagan. Hozirda mutaxassislar zarar miqdorini aniqlamoqda.
Ma`lumot uchun, me`mor Roman Klein loyihasi bo`yicha 1889-1893 yillarda qurilgan O`rta savdo qatorlari binosi 2005 yilgacha Rossiya Mudofaa vazirligi tasarrufida edi. Keyinchalik u Federal xavfsizlik xizmatiga (FXX) o`tkazilgan. 2012 yil iyun oyida prezident Vladimir Putin binoni Moskva Kreml muzeyi tasarrufiga o`tkazishni taklif qilgan.






