AsosiyJamiyat

Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etildi

'Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etildi'ning rasmi

Joriy yil 26 yanvardagi Prezidentning «Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutini tashkil qilish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori bilan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida kadrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi qator chora-tadbirlar belgilab olindi.

Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi:

  • Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti;
  • Institut huzurida Agrobiznes sub`ektlari salohiyatini oshirish markazi – Capacity Building Center;
  • Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti huzuridagi Qo`qon oziq-ovqat sanoati va xizmat ko`rsatish texnikumi.

Institutning asosiy vazifalaridan biri oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida kichik va o`rta biznes uchun raqobatbardosh texnologiyalar, jarayonlar va tarmoqlarni rivojlantiradigan mukammal texnologlar, etuk kadrlar va biznes rahbarlarini tayyorlash hisoblanadi.

Institutda o`qitish ingliz, rus va o`zbek tillarida hamda kunduzgi, sirtqi va masofaviy ta`lim shakllarida amalga oshiriladi.

2024/2025 o`quv yilidan Institutda bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha dual ta`lim tizimi joriy qilinadi.

2024 yil 1 yanvardan Institutning ilmiy salohiyatini oshirish uchun oziq-ovqat sanoati va uni qayta ishlash bo`yicha ilmiy pedagogik kadrlar (tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) tayyorlash tizimi yo`lga qo`yiladi.

Shuningdek, Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar Institutga sohaga mos bo`lgan bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali 2-kursdan to`lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar