AsosiyJamiyat

Toshkentda harakatlanib ketayotgan Nexia yonib ketdi

'Toshkentda harakatlanib ketayotgan Nexia yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 28 yanvar kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida Nexia-1 avtomobili yonib ketdi. Holat yuzasidan shahar YHXBB ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa soat 14:30 larda Bektemir tumanining TXAY ko`chasida joylashgan “Qo`yliq universal savdo majmuasi” avtoturargohi ro`parasida yuz bergan. 1964 yilda tug`ilgan M.M. Nexia-1 rusumli avtomashinasida harakatlanib ketayotgan vaqtida transport vositasining motor qismida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lgan. Yong`in FVB xodimlari tomonidan o`chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo`q.

YHXBB haydovchilardan transport vositalarining texnik holatini o`z vaqtida ko`rikdan o`tkazishlarini hamda belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so`ragan.

    Boshqa yangiliklar